Uzoq kutilgan orzular ro'yobga chiqdi

Ajoyib yangilik!
Oltinsoy tumanida yan bir mahallaning uzoq yillik orzusi amalga oshdi. Tumandagi "Jobu" mahalla fuqoralar yig'inida joylashgan eski bog'cha binosi zamon talablariga mos ravishda qaytadan qurilib foydalanishga topshirildi.
Bu maktabgacha ta'lim tashkiloti tumandagi 24-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti sifatida 140 o'ringa mo'ljalngan bo'lib jaji bolajonlarimizni bilim olishi uchun zamonaviy jixozlar bilan jixozlanib foydalanishga topshirildi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimida Oltinsoy tuman hokimi A.Djumayev, tuman prokruri T.Berdimuratov, Surxondaryo viloyati maktabgacha ta'lim boshqarma boshlig'i SH.Xolliyeva, tuman maktabgacha ta'lim bo'lim mudiri Z.Jurayev va MTB xodimlari, mahalla oqsoqollari ishtirok etishdi.
 
 
  
Tuman hokimi A.Djumayev
Surxondaryo viloyati maktabgacha ta'lim bo'limi boshlig'i SH.Xolliyeva